XXI asr Amerika uchun
qayg'uli boshlandi.
2001-yilning 11-
sentabrida to'rt
yo'lovchi samolyoti
olib qochilib, ikkisi Nyu-Yorkda, biri
Pensilvaniya shtatida,
to'rtinchisi esa
Virjiniyada AQSh
Mudofaa vazirligi
qarorgohi Pentagonga tushib portlab ketgan. Bir kunda minglab
insonlar hayotdan ko'z
yumgan. Oradan 10 yil
o'tib, bu fojia haqida
kim nimani eslaydi?
Nimalar unutildi? Nimalar o'zgardi? Amerikaliklar 2001-
yilning 11-sentabrini
oddiy qilib, "9-11"
deydi. Sentabr
to'qqizinchi oy, 11 esa
kun. 911, shuningdek, biror falokat yuz
berganda yoki yordam
kerak bo'lganda
terilishi kerak bo'lgan
telefon nomeri. Nyu-Yorkda 11-sentabr
voqealariga bag’ishlab
yodgorlik va muzey
bunyod etilgan. O’sha qora kun Jahon
savdo markazida xuruj
asoratlariga qarshi
kurashayotib jon
bergan o’t
ochiruvchilarning mashinasi memorial
uchun ajratilgan joyga
yetkazildi. Bu mashina Nyu-York
shahar O’t ochirish
xizmatiga qarashli.
Undagi qutqaruvchilar
egizak binolar tomonga,
falokat zonasiga oshiqib, odamlarga
yordam bera boshlagan,
lekin imorat qulab, ular
ham tiriklayin
ko’milgan. Mashina
anchagina majaqlangan. Bu orada, alohida guruh
11-sentabr haqidagi
xotiralarni yig’ish bilan
ovora. Nyu-Yorkning
har yer-har yerida
o’rnashib, odamlarga qog’oz-qalam ulashadi
ular. Xohlagan kishi
o’sha kun haqidagi
taassurotlarini qog’ozga
tushirishi mumkin. Bular sevgan insonlar,
yaxshi hamkasblar yoki
mutlaqo begona
odamlar haqidagi
kechinmalar bo’lishi
mumkin. Kimningdir hayoti, shahar turmushi
o’shandan beri ancha
o’zgargan bo’lishi
ehtimodan xoli emas. Xotiralari bilan
bo’lishgan bir odamning
yozishicha, u bolalik
yillaridan katta
sinflargacha
derazasidan egizak binolarni ko’rib turgan.
Keyin esa, deb yozadi u,
binolar g’oyib bo’ldi. Kompyuter xavfsizligi
bo’yicha mutaxassis,
nafaqadagi Jeyms Oshi
uzun, batafsil bayonida
ikki samolyotning
binolarga urilishini kuzatib dahshatga
tushganini aytadi. ”Bu voqea hayotimizni
qay darajada o’zgartirib
yubordi. Naqadar
mudhish jinoyat! Mana
shular haqida o’yladim.
Bu zarba, Amerikaga hujum hech vaqt
unutilmaydi, deb
o’yladim”,- deydi Oshi. Kechinmalar,
esdaliklarning bari
to’planib borib, nihoyat
Nyu-Yorkda, bir vaqtlar
egizak binolar qad
ko’targan xotira bog’idan o’rin oladi.
Yodgorlik shu yilning
12-sentabrida ishga
tushadi. Muzey esa
kelasi yil.