To'g'ralgan piyozni qovurib,
biroz tuz sepib, suvi qochgan non
bilan yeb turilsa, kamqonlikni oldi olinadi.
* * *
Ovqatga meyorida qora murch qo'shib
tanovul qilinsa, ishtaxani, ochadi
va shamollashdan saqlaydi.
* * *
Anjir yegan kishi
balg'amdan xalos bo'ladi.
* * *
Erta tongda qaynagan isiriq suvi ichilsa
qorin og'rig'iga davo bo'ladi.
* * *
Olmani artganingizda po'stlog'ini tashlab yubormang,
qaynatib ichilsa oshqozonga davo bo'ladi.
* * *
Tomoq shamollaganda ezilgan piyoz va olmani aslga
aralashtirib yeyish tavsiya etiladi.
* * *
Og'izdagi sarimsoq hidini ketkazish uchun
petrushka bargini chaynash kerak.
* * *
Oq atirgulni xo'lligida
peshonaga surtilsa bosh
og'rig'iga davo bo'ladi.
* * *
Qaynagan isiriq suviga
oyoqni vanna qilinsa oyoqdan
noxush hid yo'qoladi.
* * *
Isitiladigan palovning guruchi
ezilib ketmasligi uchun qozonga
ozgina qora choy qo'shib yuboring.
* * *
Sabzavotlarni bug'da dimlab pishirsangiz,
undagi vitaminlar va kerakli moddalar yahshi
saqlanib qoladi.
* * *
Olma, bexi,limon va apelsin
kabi mevalarni dasturhonga
tortishdan avval qaynoq suv
bilan chayib yuborsangiz,
hushbo'y hida gurkirab ketadi.
* * *
Jazirima issiq kunlarda
muzlatgich ishdan chiqsa, sifati
tez buziladigan mahsulotlar-
pishloq bilan yog'ni darhol
shisha yoki chinni idishlarga
solib, qopqog'ini mahkam
yopish zarur. So'ng suv
quyilgan tog'oralar ichiga
solib, bankalarning yuqori
tomonini ho'l sochiqlar bilan
o'rab qo'yish kerak.
* * *
Jun ipdan to'qiligan kiyimni
issiq suv bilan emas, sezilar-
sezilmas iliq suv bilan
yuviladi. Oldin biron hil kir
yuvish uchun kukun ko'pirtirib
olinadi. Buyumni shu suvga
botirib qattiq ishqamay
yuviladi. Sovuq suvda 2-3 qayta
chaygandan so'ng, jindakkina
kukun ko'pirtirilgan toza suvga
botorob olinsa, yumshoq va
sertuk chiqadi. Suvini sochiq
yoki toza choyshabga
shimdirib olib, tekis joyga toza
choyshab to'shab, quritishni unutmang.
* * *
Tukli sochiqni yuvib, chayib
bo'lgandan keyin, bir oz tuz
qo'shilgan suvga solib qo'ying,
yaxshilab siqib, qoqilgandan
so'ng yoyilsa tuklari pahmayib,
yumshoq chiqadi.
* * *
Rangi chiqadigan engil-bosh,
yostiq jildlari kabi buyunlarni,
juda kir bo'lib ketgan deraza
pardalarini bir necha daqiqa
tuzli suvga ivitib qo'yib, so'ng
yuvsangiz aynamaydi, yahshi
ochiladi.Tuz bir chelak suvga bir
osh qoshiq miqdorida solinadi.
* * *
Kir sovunda ishqor va har hil
kislotalar ko'p bo'ladi.Uni
ishlatganda, ayniqsa kir
yuvganda qo'llar dag'allashib,
teri yorilishi mumkin.Shuning
uchun bu sovunda kir yuvib
bo'lgach, qo'lga biron hil krem
yoki vazelin surting.
* * *
Qo'l kirmaydigan chinni va
shisha buyumlar ichiga qaynoq
suv quyib,g'ijimlangan qog'oz
soling va yahshilab chayqating.
Buyumingiz toza emas top-toza
bo'ladi.
* * *
Mabodo dazmol qilayotganda
ipli gazmol ko'ylagingizni ,
dasturhon, sochiq kabi
buyumlarni kuydirib qo'ygan
bo'lsangiz, suv qo'shilgan
qatiqqa bir stakan suv
miqdorida o'sh yerning o'zini
tuni bilan ivitib qo'ying. Chayib
tashlasangiz dog'dan asar
qolmaydi.
* * *
Kiyimga tekkan qizil yoki
sariq dog'larni limon kislotasi
yoki oksalat kislotasi bilan oson
ketkazsa bo'ladi.
* * *
Benzin va moyli bo'yoq
ishlatganingizda qo'lingizdan
uni hidini yo'qotish ancha
qiyin. Sovun bilan yuvish ham
hidni yo'qotmaydi.Lekin
qo'lingizni yuvadigan suvga
ozgina quruq hantaldan
qo'shsangiz teringizda hech
qanday dog' ham hid ham
qolmaydi.
* * *
Sirli idishda ovqat
pishirayotganda tagiga olsa,
idish iste'mol sodasi solingan
(ikki litr suvga bir choy qoshiq
miqdorida) suv bilan qaynatilsa
oson ketadi.Agar iste'mol
sodangiz bo'lmasa uning
o'rniga 2-3 dona bosh piyoz
ishlatishingiz ham mumkin.
* * *
Dazmol bosishdan qolgan
sariq dog'lar vodorod peroksidi
bilan (yarim stakan suvga bir
choy qoshiq solinadi), rangdor
ipak va jun gazlamalardagi
dog'lar denaturant spirti bilan
artiladi.Yoki piyozning
o'rtasidan kesib , undan
chiqqan suvni matoning
sarg'aygan joyiga tomizing va
sovuq suvda chayib tashlang.
* * *
Shokoladdan kolgan dogni
ketkazish uchun kiyimni Shur
suvga botirib kuyish kerak
* * *
Kumush takinchoklarni
tozalash uchun limon
sharbatiga yumshok matoni
botirib arting
* * *
Balikni Yangi tutilganligini
tekishirish uchun uni suvga
solib kuyish kerak. Agar balik
chuksa, demak Yangi tutilgan.
* * *
Pirog tovaga yopishib,
tushishi kiyinlashsa, tovani bir-
ikki dakika suvga kuyib turish
kerak. Shunda pirog osongina
kuchadi.
* * *
Tort va pirojniylarga yongok
kushmokchi bulsangiz uni oldin
gaz pechida kizdirib oling.
Pishirik yanada xushbuy buladi.
* * *
Pirog pishirayotganda gaz
pechi eshigini karsillatib
yopmang. Aks xolda
kutarilayotgan pirog «utirib»
kolishi mumkin.