Bir guruh bitiruvchilar
universitetdagi
professor
o‘qituvchisini
ko‘rishga borishibdi.
Hol-ahvol so‘rab suhbat
boshlangandan biroz
keyin mavzu hayot va
ishdagi qiyinchilik va
muammolarga borib
taqalibdi. Orada professor talabalarga
qahva olib kelish
maqsadida oshxonaga
chiqib ketibdi.
Birozdan keyin
patnisda har xil idishchalarda qahva
olib keldi. Ularning
biri chinni, biri sopol,
biri shisha va yana
boshqasi plastmassa
edi. Ba’zilari juda qimmatbaho,
ayrimlari esa arzon
edi. Professor idishlar
turgan patnisni
o‘rtaga qo‘yib,
mehmonlarga "marhamat” dedi.
Oldin kelgan talabalar
yaxshiroq idishlardagi
qahvalarni tanlab
olishib, keyinroq
kelganlarga oddiy idishlardagisi qoldi. Shunda professor dedi: " E’tibor bergan bo‘lsangiz, avval qimmatbaho
idishlardagi qahvalar tanlab olindi. Keyingilarga esa oddiy va arzon idishlardagisi qoldi. O‘zingiz uchun eng yaxshi narsalarni tanlash oddiy hol, albatta. Lekin ish va hayotdagi kamchilik hamda muammolar manbayi ham aynan shularda. Aslida, idish qahvasiz
hech qanday
qiymatga ega emas,
garchi unga ko‘p pul
sarflangan bo‘lsa ham.
Aksincha, u ichidagi ichimlikni ham
yashiradi. Vaholanki,
sizga qahva kerak,
idish emas. Lekin siz
asosiy maqsad qolib,
chiroyli idishlarga mahliyo bo‘ldingiz.
Oqibatda bir-
biringizdagi idishlarga
ko‘z olaytira
boshladingiz.” Inchunun, hayot qahva, ish, pul va jamiyatdagi mavqelar bilan o‘lchanmaydi. Ularning vazifasi turmushda zarur bo‘lgan vositalar, xolos. Shu bilan birga, gap qahva idishlarida ham emas. Uning hayotimizga hech qanday ta’siri ham yo‘q. Taqdir bizga qahva bermoqda, idish emas. Shu bois qahvangizni seving. Baxtiyor insonlar hamma narsaning yaxshisiga ega bo‘lganlar emas, aksincha, hamma narsadan yaxshilikni ko‘ra olganlardir. Oddiy hayot chuqur hurmat, shirin suhbatdan iborat. Ularni asrang, qolganini orqaga tashlashga o‘rganing.