ОЗОДБЕК УЧУН ЛАФЗНИНГ ҚИЙМАТИ ҚАНЧА?
Дубайдан мактуб. Яхшиси, ўзингиз яхшилаб танишиб, хулоса қилинг.
"2011 yil 5 sentyabr bir dunyo shirin xayollar va to`y tashvishlari bilan g`ovlab ketgan bu bosh Toshkent aeroportiga Dubaidan uchib kelgan reys bilan kelib qo`ndi. Boshlanishi chakki bo`lmadi boshlanishi ... Axiyri men va oilamizdagilar uchun eng orziqib kutilgan kun to`yim kuni yaqin qoldi.19 sentyabr. Bitta narsaga qattiq ishonaman dunyo hali xam yaxshilar bilan g`ij-g`ij, agar shunaqa bo`lmaganda, Alloh qiyomat qoyimni kechiktirmasdi. O`zbekning mard farzandlari juda ko`p ayniqsa elga tanilib, o`zligini saqlay bilgan mashhurlarimiz ko`p bo`lsa kerak. Lekin bularning ichida bir inson xalqimizning buyuk hofizi Ozodbek Nazarbekovning tantiligi va haqiqiy iymon egasi va labzining halolligi meni bu insonga bo`lgan hurmatimni 100 baravar kuchaytirdi.To`yim kechasi Qarshining odmigina restoranida 900 dan oshiq odam.Yuragim duk-duk uradi...joy yetdi, taomlar ham etarli. Chunki, buni oldindan his qilgandim…Akamni to`yimga tashriflari bilmadim, qanday qilib o`gizdan og`izga ko`chib, ishqilib butun boshli xotinlar va erkaklar "diviziya”si restoranni toldirib bo`lgan...Ikkinchi qavatni bir tomoni liq ikkinchi tomonida esa 3-4 ta stol bo`sh qolgan...”Yor-yor” sadolari ostida kirib boryapman....akamni shogirdlari Erkinbek esa yurakdan "Yor-yor"ni kuylayapti...Odamlarning xafsalasi pir: demak, Ozodbek kelmabdi degan fikr bilan ovqatlanishga tushishdi...Suxandon ham qarshilik bir opaxonimiz adabiy tilni chochib qo`yganlari uchun keyin Qarshidagi suhandonlar bozori haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lmaganim uchun Hurriyat degan opamizni taklif qilib qo`ya qolgandik. Lekin yurakdan his qilardimki, akam albatta to`yimda "Xonzoda qiz"ni kuylab mening quvonchimga sheirk bo`ladilar.Va nihoyat nikohdan o`tib bo`ldik, o`zimiz uchun ajratilgan joyga chiqib o`tirdik. Suxandon so`zni bizning sha`nimizga bitilgan baytlardan boshladi...Odamlarga ko`z yugurtiraman, hamma ovqatni bir chetga surib suxandonni og`ziga termulgan...Qani o`sha birgina ism yangraydimi? Kutilgan ism..el sevgan ism...Suhandon ham kutaverib ko`zlari 8 ta bo`lgan mehmonlarni kuttirmaslik, gapni dangalini Qahqadaryochasiga aytib qo`ya qoldi: "Endi azizlar...bugun Alisherjonni qutlash uchun esa elimiz xalqimiz sevgan, juda ko`pchilikni quloqlari shang`illab qoldi nazarimda, chunki o`zim shunaqa ahvolga tushdim...yana suhandonni eshitishga harakat qilaman...ko`zim esa tepadagi V.I.P xona eshiklarida…
O`zbekistonimizning otashnafas kuychisi O`ZBEKISTON XALQ ARTISTI OZODBEK NAZARBEKOV (bu joyi esa yiqitadigan ohangda chiqdi!)ni sahnaga taklif qilamiz. Marhamat qarsakalr bilan kutib oling Ozodbek Nazarbekov!
Zalda 900 odamni gulduros qarsaklari. Hammaning ko`zi ikkinchi qavatda: qaysi tomondan chiqib kelarkin Ozodbek? Yuzlarda aks etgandi bu savol. Ko`zlar esa olazarak. Mana haqiqiy labz, mana haqiqiy O`zbek! Mana haqiqiy iymon egasi! Va`dasiga vafo qiladigan mashhurlarimiz menimcha juda sanoqli. Bizga o`xshagan oddiy musofirning iltimosini yerda qoldirmay, 450 km yo`l bosib Qarshiga kelish har kimning ham haddi emas!
Dubaida turib xayol qilgan daqiqalar ko`z oldimda reallikda bo`layotganligidan kulishni yoki yig`lashni bilmayman. Akam: "Endi bu kunlarni Alisher bilan Dubaida turib niyat qilganmiz. Hech kim halaqit bermasa, kelin-kuyovni raqsga taklif qilamiz. Maxsus qo`shiq- "Honzoda qiz"!”
Aka, shov-shuv.uz sahifasidagi bu maktubni o`qiyatgan bo`lsangiz to`ydan keyin uchish oldidan oldingizdan o`tib minnatdorchiligimni bildirishga fursat bo`lmadi…Lekin aka bir narsani unutmang, bir o`zbekning oddiy o`gli sifatida sizni odamgarchiligingiz, tantiligingiz, kamtarligingiz oldida bosh egaman! Bu balandparvoz so`zlar emas, akajon! Xalqiimiz, oilangiz, yaqinlaringiz va bizning baxtimizga doimo sog`-salomat bo`lib, elimizning yaxshi kunlarida xizmatda bo`ling.
Ukangiz Alisher, Birlashgan Arab Amirliklari"
Жасур Ҳамроев: Шахсан бу мактуб билан танишар эканман, битта хулоса қилдим: Эркак лафзи билан ЭРКАК! Озодбек учун эса бу тушунчанинг қиймати йўқ! Бебаҳо! Баракалла, Назарбеков, айрим шогирдларингиз, умуман ваъдасининг устидан туролмайдиган "эркак”лар сиздан ўрнак олса, нур устига аъло нур бўлур эди! Яна ким билсин, лафзини пуллайдиганлар, ҳаётда борини "қўлнинг кири” билан ўлчайдиганлар ҳам "эркакман” дея бош кўтариб юрибди-ю! Аслида, "Йигит қасам ичмайди, йигитнинг сўзи қасам” деган нолаларни куйлаб, ўз хонишига ўзи амал қиладиган хонанда битта ё иккитадир, шуларнинг ҳам борига шукур! А, лаббай?
P/S: Дарвоқе, яхшилик қилган одам бегонага шу қадар яқин бўладики, ҳатто опангиз, акангизга ҳам айланади. Дилингиз айланади, тилингиз айланади...Ифтихор билан, меҳр билан! Эзгулик ўлмасин! Озодбекни "ўғлим”, "акам” деганларни кўп эшитганман. Яна бир бор бу ҳақиқатга амин бўлдим!
|